Khorezm Mamun academy

NAVBATDAGI ILMIY SEMINAR

24-11-2020     News

2020-yil 20-noyabrda Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limining navbatdagi ilmiy seminari bo’lib o’tdi.

Unda tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Rahmonova Yulduzxon Madrimovna “O’zbek ayollarining kundalik hayotida an’analar va huquqiy maqomning tutgan o’rni (Xorazm voxasi misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ilmiy seminarda nafaqat Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari balki, zoom meeting platformasi orqali Urganch davlat unversiteti professor-o’qituvchilari qatnashishdi.

Ma’ruzada Xorazm tarixida ayollarning tutgan o’rni, ularning islomgacha va islomdan keyingi davrlarda ijtimoiy hayotdagi maqomlari, XX asrning 20-30-yillarida o’zbek ayollari hayotidagi o’zgarishlar haqida to’liq ma’lumot berildi. Shuningdek, ma’ruzada islom dini shariatida ayollarning huquqiy maqomlari tahlil qilib chiqildi. Bundan tashqari Xiva xonligi davrida ayollar hayoti va XX asrdagi siyosiy o’zgarishlarning ayollar hayotiga ta’siri shu mazmundagi foto su’ratlar bilan yoritib berildi. Ma’ruza mavzu yuzasidan savol-javoblar va ilmiy munozaralarga boy ruhda o’tdi.