Khorezm Mamun academy

ZULFIYAXONIM ISROILOVA TAVALLUDINING 110 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “ZULFIYAXONIM-VAFO VA SADOQAT TIMSOLI” MAVZUSIDAGI ANJUMAN

04-03-2025     News

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi Urganch Innovatsion universiteti va O‘zbekiston xotin-qizlar  “Olima” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim-vafo va sadoqat timsoli” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjumanda Xorazm Ma’mun akademiyasidan “Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo‘limi kichik ilmiy xodimi Dinora Rajabova va “Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyining tarixiy eksponatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi muzey fond saqlovchisi Shoxsanam Ibragimovalar ishtirok qildi.