Khorezm Mamun academy

“Jadidchilik va Behbudiy” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

22-01-2025     News

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, Urganch Davlat universiteti tizilmasidagi qatog‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Xorazm Ma'mun akademiyasi bilan hamkorlikda dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudho’ja Behbudiy (1875-1919) tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan “Jadidchilik va Behbudiy” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Markazimiz direktori o‘rinbosari M.Qurbonboyeva ochib bergan davrada Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O. Kamiljonov, qatog‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Yu.Rahmanova, Xorazm Ma'mun akademiyasi katta ilmiy xodimlari, tarix fanlari falsafa doktorlari U.Bekinmetov, F.Jumaniyozova, O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali ilmiy xodimi Q.O‘rozmetova, shu filial matbuot kotibi Z.Yaqubovalar Behbudiyning hayoti yo‘li, asarlari, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri sifatidagi faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritdilar.