Khorezm Mamun academy

InnoWeek - 2022 Hududiy innovatsion g'oyalar ko'rgazmasi

01-08-2022     News

Xorazm viloyati hokimligi, Innovatsion  rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi tashabbusi bilan joriy yilning 28-29 iyul kunlari InnoWeek Hududiy innovatsion g'oyalar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada Xorazm Ma'mun akademiyasi ham faol qatnashmoqdalar. Jumladan Xorazm viloyati sharoitida g'o'zaning yangi, istiqbolli navlarini yetishtirish, Xorazm tuproq - iqlimi sharoitlarida sano o'simligini o'stirish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, Xorazm viloyati sharoitida tritikale yetishtirish agrotexnologiyasi, Afrika qora tuyaqushi Xorazm viloyati sharoitida ko'paytirish texnologiyasi, Termitlar tarqalishini oldindan bashorat qilish qurilmasi, O'simliklar o'sishini va hosildorligini oshiruvchi BKM stimulyatori, Xorazm viloyati sharoitida shakar o'rnini bosuvchi dorivor steviya o'simligini yetishtirish, Maxalliy xomashyolar asosida olingan termitlarga qarshi insektisid, Mahalliy xomashyolar asosida rangli silikat g'isht ishlab chiqarish kabi bir qator ilmiy ishlanmalar va Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari tomonidan nashr qilingan bir qator kitoblar bilan qatnashmoqdalar. Tadbir davom etmoqda.