Khorezm Mamun academy

Katqa’la yodgorligida arxeologik ekspedisiya davom etmoqda

06-06-2022     News

Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari Katqa’la yodgorligida arxeologik ekspedisiya davom ettirmoqdalar. Tadqiqotlar davomida arxaik davr, antik davr, ilk o’rta asrlar, rivojlangan o’rta asrlar davri madaniy qatlamlari ochib o’rganilmoqda. Tadqiqotlar jarayonida turli xil sopol buyumlar, xumlar, xumchalar, sopol qozonlar, ko’zalar, inson va hayvon xaykalchalari topildi. Shu bilan birga ilk antik davrga tegishli bo’lgan me’moriy inshoot, so’nggi antik davrga oid turar joy qoldiqlari ham o’rganildi. Ushbu tadqiqotlar Janubiy Xorazmda arxaik davrdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davr shaharsozlik madaniyati muammolarini o’rganishga xizmat qiladi.