Khorezm Mamun academy

XIVA XONLARI ARXIV HUJJATLARINI TADQIQ QILISH BO'YICHA ILMIY SEMINAR

04-12-2020     Nachrichten

Bugun 4-dekabr 2020-yil Xorazm Ma'mun akademiyasi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" bo'limi tomonidan tashkil qilinayotgan ilmiy seminarning navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Seminarda bo'limning "O'zbekiston tarixi" yo'nalishi 1-bosqich tayanch doktoranti Bekimmetov Umid Tajimurotovich "Xiva xonlari davlat arxivi hujjatlarini tadqiq qilish (A.L.Kun, P.P.Ivonov va M. Yo'ldashevlar tadqiqotlari asosida)" mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada akademiyaning o'ndan ortiq ilmiy xodim qatnashdi. Ma'ruzada asosan 1873-yildan so'ng Xiva xoni saroyidan Sank-Peterburgga oib ketilgan sharq qo'lyozmalari va davlat hujjatlari taqdiri va uning yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilar tomonidan tadqiq qilinishi, Tadqiqotlar natijasida chop qilingan asarlar haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir ilmiy munozaralar va savol javoblarga boy ruhda o'tdi.