Khorezm Mamun academy

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI NOSHIRLIK BO’LIMINING NIZOMI

15-06-2017     Bureau de publication
  1. UMUMIY QOIDALAR.

1.1. Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi (bundan keyingi o’rinlarda noshirlik bo’limi) O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasining 1999 yil 3 dekabrdagi № 65 sonli qaroriga asosan tashkil qilingan. O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2009 yil 19 avgustdagi №145 sonli qarori bilan tegishli adabiyotlarni qayta nashr etish huquqi berilgan.

1.2. Noshirlik bo’limi o’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari hamda mazkur Nizomga asosan ish ko’radi.

1.3. Noshirlik bo’limi akademiya maxsus hisob raqamidan foydalanadi. U o’zining nomi tushirilgan dumaloq muhrga va burchak shtampiga ega bo’ladi.

1.4. Noshirlik bo’limining manzili: 220900, Xiva shahri, Markaz-1.

 

2.NOSHIRLIK BO’LIMINING VAZIFALARI VA FAOLIYATI

2.1. Noshirlik bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 275-sonli Qarorining 1-ilovasiga asosan Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati uchun zarur bo’lgan, o’z qog’ozi va matbaa bazasida, ommaviy tarqatish yoki qo’lyozma huquqida ko’paytirishga mo’ljallanmagan ilmiy, tarixiy, badiiy va ilmiy-ommabop yo’nalishdagi ilmiy to’plamlar, risolalar, tavsiyanomalar, yo’riqnomalar, ilmiy qo’llanmalar, monografiyalar, avtoreferatlar, maqolalar, seminar, konferentsiya materiallari, bukletlarni o’zbek tilida va chet tillarda chop etishga haqlidir.

2.2. Noshirlik bo’limi o’z faoliyati doirasida belgilangan reja va zarur hollarda unga kiritilgan o’zgarishlar asosida matbaa mahsulotlarini nashrga tayyorlaydi. Noshirlik bo’limi nashr etadigan barcha kitoblarning har yilgi mavzu rejasi O’zbeiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi tasdig’idan o’tishi shart qilib belgilangan.

2.3. Nashr etiladigan har bir adabiyotning hajmi 10,0 bosma taboq, nusxasi 1000 (bir ming) donadan oshmasligi shart.

2.4. Noshirlik bo’limi faqat akademiya ehtiyojlari va maqsadlaridan kelib chiqib, akademiya ish faoliyati uchun zarur bo’lgan bosma mahsulotlarni nashrga tayyorlaydi va chop etishga ruxsat beradi.

 

  1. NOSHIRLIK BO’LIMI BOSHQARUVI

3.1. Noshirlik bo’limiga Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi rahbarlik qiladi.

3.2. Noshirlik bo’limining boshlig’i – akademiya raisi bo’limning barcha ishlarini tashkil etadi va uning faoliyati uchun javobgardir. Akademiya raisi noshirlik bo’limi nomidan ish yuritadi. U o’ziga berilgan huquq doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat qonunlariga rioya qilgan holda xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi, ularni rag’batlantiradi yoki jazo choralarini qo’llaydi. SHuningdek, ishlab-chiqarish texnikasini sotib olish va ta’mirlash, moddiy texnik ta’minot, mehnatga haq to’lash kabi ishlarni amalga oshiradi va o’ziga tegishli doirada boshqa huquqlardan foydalanadi.

3.3. Noshirlik bo’limining bosh muharriri, hisobchisi, texnik muharriri va boshqa xodimlari mudir tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Ular o’zlariga topshirilgan ishlar uchun to’la javobgardirlar.

 

  1. NOSHIRLIK BO’LIMINI TUGATISH TARTIBI

4.1. Noshirlik bo’limi faoliyati amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda tugatiladi.

 

Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy kengashining 2016 yil 22 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan.