Xorazm Ma'mun akademiyasi

Mahorat darsi

27-02-2021     So'nggi yangiliklar

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 5-yanvardagi  PF-5611-sonli Farmonining talablari bajarilishi yuzasidan viloyatimizda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 110-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining (XAEYoE) faoliyatini amalga oshirish ham belgilangan va bu bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan.

Dasturga muvofiq, 2021-yil 16-fevral kuni Urganch davlat universiteti  “Tarix” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Y.Karimov va Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari Sh.Rahimov, U.Mahmudov, H.Aminovlar talabalarga “Arxeologik ashyolarni qayta tiklash va ishlov berish ” mavzusida mahorat darsi o‘tkazishdi.