Xorazm Ma'mun akademiyasi

Daxolarni eslab

12-02-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasining konferensiyalar zalida akademiyaning Ijtimoiy gumanitar fanlar bo’limi va Axborot resurs markazi xodimlari ishtirokida buyuk ajdodlarimizdan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag’ishlangan ilmiy seminar o’tkazildi. Unda Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi va Axborot resurs markazi xodimlari bilan birga akademiyaning boshqa bo’limlari ilmiy xodimlari ham qatnashishdi. Seminarda, Axborot resurs markazi mudirasi Rayxon Zaripova, ilmiy xodimlar Dilmurod Bobojonov va Umrbek Mahmudovlar ma’ruza qilishib. Bobolarimizning hayot faoliyatlari va ulardan qolgan ulkan ilmiy meros haqida fikr va muloxazalarini bayon qilishdi. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy strategiyasi va uning harbiy mahorati haqidagi ma’ruza barchada birdek qizish uyg’otdi. Tadbir ilmiy baxs va munozaralarga boy ruhda o’tdi.