Xorazm Ma'mun akademiyasi

Maktab o'quvchilari uchun haftaning seshanba va juma kunlari bepul tashrif

01-02-2021     So'nggi yangiliklar

Maktab o'quvchilari uchun haftaning seshanba va juma kunlari bepul tashrif buyurish imkoniyatidan o'quvchilar unumli tarzda foydalanmoqda. Xususan, 29-yanvar, juma kuni Qo'shko'pir tumani 15-son maktab o'quvchilari Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasiga tashrif buyurdilar. Bunday imkoniyatlar yosh avlodda vatanimiz tarixiga bo'lgan qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi.