Xorazm Ma'mun akademiyasi

12- yanvar kuni Xorazm Ma'mun akademiyasi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" bo'limining navbatdagi ilmiy seminari bo'lib o'tdi

14-01-2021     So'nggi yangiliklar

2021-yilning 12- yanvar kuni Xorazm Ma'mun akademiyasi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" bo'limining navbatdagi ilmiy seminari bo'lib o'tdi. Ilmiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, harbiy tarixchi, jaloliddinshunos olim Jumaboy Rahimov “Buyuk ajdodlarimizning jahon siyosiy taraqqiyoti va harbiy san’atida tutgan o‘rni” mavzusida ma'ruza qildi. Seminarda Ma'mun akademiyaning  ilmiy xodimlari va doktorantlar ishtirok qildilar. Ma'ruzada  millatimizning zabardast sarkardalari Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddim Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning mislsiz qahramonliklari, harbiy mahoratlari mazmundor tushuntirildi. Ilmiy Seminar yuqori ruhda,  ilmiy munozara va qizgʻin savol javoblarga boy tarzda o'tdi.