Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ilmiy seminar

06-06-2017     So'nggi yangiliklar

05.06.2017 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O’simlik moddalari kimyosi instituti va Umumiy va noorganik kimyo instituti yetakchi olimlari bilan ilmiy seminar o’tkazildi.

Seminarni Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi q.x.f.n. Sh.Yu.Kadirov ochib berdi. Unda hozirgi kun dolzarb vazifalaridan kelib chiqib ushbu seminarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi. SHundan so’ng O’simlik moddalari kimyosi instituti direktori o’rinbosari k.f.d. N.J.Abdullaev institut faoliyati, uning ilmiy yo’nalishlari va hozirgi kundagi ilmiy izlanishlar haqida ma’ruza qildi. O’simlik moddalari kimyosi instituti Kumarin va terpenoidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri tib.f.d.prof. I.D.Shamyanov O’zbekiston Respublikasi hududida mavjud o’simlik turlari, ularning kimyoviy tahlillari to’g’risida ma’ruza qildi. Ma’ruzada yana Ibn Sino tomonidan qo’llanilgan dorivor o’simliklarning kimyoviy tarkibi va farmokologik xususiyatlari, tabiiy birlashmalar asosida dori-darmonlar tayyorlash texnologiyasi hamda hozirgi kunda tibbiyotda qo’llanilish istiqbollari haqida gapirib o’tdi. Tib.f.d.prof. N.V.Sirov inson organizmida potologik o’zgarishlarning farmokokorrektsiya imkoniyatlari xaqida ma’ruza qildi. Institutning ekspremental-texnologiyasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi tex.f.n. G.B.Sotimov biologik faol qo’shimchalar xaqida ma’ruza qildi. Uchrashuv so’ngida Xorazm Ma’mun akademiyasi laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirilib, muzey bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.

 

Seminar qatnashchilari O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti va Umumiy va noorganik kimyo instituti yetakchi ilmiy xodimlarining ma’ruzalarini tinglab hozirgi kunda mazkur ilmiy tadqiqot institutlari faoliyati haqida chuqur ma’lumotga ega bo’ldilar. Olimlar bilan bo’lgan o’zaro suhbat jarayonida berilgan savollarga to’laqonli javob oldilar.

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari O’simlik moddalari kimyosi instituti va Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan doimiy ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yishni kelishib oldilar.