Хоразм Маъмун академияси

NAVBATDAGI ILMIY ISH MUHOKAMASI

18-11-2020     So'nggi yangiliklar

2020-yil 18-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida akademiyaning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi” va Urganch davlat unversiteti “Tarix” kafedralarining qo’shma ilmiy seminari bo’lib o’tdi. Unda akademiya erkin tadqiqotchisi Sadullaev Bahrom Po’latovichning “Qadimgi va o’rta asrlarda chap qirg’oq Kat qal’a (mil.avv. IV-XX asr boshlarida)” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki muhokamasi bo’lib o’tdi. Unda akademiya ilmiy xodimlari bilan birga Urganch davlat unversiteti “Tarix” kafedrasining professor-o’qituvchilari t.f.d. O’.Abdullayev, t.f.n., dots. Q.Masharipov, t.f.n., dots. Q.Sobirov, kat.o`q. Y.Karimovlar qatnashdi. Ilmiy seminarda akademiyaning 15 nafar ilmiy xodimi va tayanch doktorantlari ishtirok etishdi. Erkin tadqiqotchi B.Sadullaev ma’ruza qilgach, ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari muhokama qilindi. Ilmiy tadqiqot ishi keying bosqichga tavsiya qilindi.