Xorazm Ma'mun akademiyasi

ILMIY SEMINAR YIG`ILISHI

24-01-2020     So'nggi yangiliklar

Bugun 24 yanvar kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi” xodimlarining 3-yig`ilishi bo’lib o’tdi. Ilmiy seminarda Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari bilan birga Urganch davlat univetsiteti Tarix kafedrasi professor-va “Ichon qal’a” muzey qo’riqxonasi xodimlari O.Rahmonov va H. Madaliyev ham qatnashdi. Seminarning asosiy qismida Xorazm Ma’mun akademiyasi tasarrufidagi FA-F-1-008 shifrli loyiha katta ilmiy xodimi Sadullayev Bahrom Po`latovich “Qadimgi Xorazm tangalarining o’rganilishi tarixiga oid mulohozalar” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada qadimgi Xorazmda tangalarning paydo bo’lishi, ularning o`ziga xususiyatlari, tipologiyasi, maxsus belgilar kabi masalalar haqida so’z bordi. Seminar a’zolari ma’ruza davomida o’z fikr-mulohozalari bilan qatnashishdi. Ma’ruzachiga ko`plab savollar berildi, seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o`tdi.

Shundan so’ng, seminar raisi Masharib Abdullayev tadbir ishtirokchilariga yangi nashrdan chiqqan “Oy yog’dusida aytilgan alla” va “Vorislik ma’sulyati” nomli ikkita kitobni tanishtirdi. Mazkur ikkita kitob Xorazm Ma’mun akademiyasi kutubxonasiga sovg’a sifatida topshirildi. Shuningdek, filologiya fanlari doktori Abdulla O’razboev tarixiy “Muqaddimat ul-adab” nomli asarning faksimal nusxasi chop qilinganini e’lon qildi.