Xorazm Ma'mun akademiyasi

Germaniyalik arxeolog Mixael Xerles tashrifi

30-05-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 22 may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Germaniyadan arxeolog Mixael Xerles boshchiligida bir gurux mehmonlar tashrif buyurdilar. Avvalo mehmonlar Xorazm Ma’mun akademiyasining arxeologlari tomonidan hozirgi kunda tadqiqotlar olib borilayotgan Xumbuztepa yodgorligiga tashrifdan boshladilar. Yodgorlik haqida mehmonlarga akademiya katta ilmiy xodimi B.P.Sadullaev batafsil ma’lumot berdi. Shu jumladan, yodgorlikda keyingi yillarda erishilgan natijalar – O’rta Osiyodagi eng qadimiylaridan bo’lgan Zardushtiylik ibodatxonasi va otashgohning aniqlanishi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Xumbuztepa yaqinidagi Chingiztepa tepaligi ham mehmonlarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Tushdan keyin mehmonlar Xorazm Ma’mun akademiyasining “Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati” nomli doimiy ekspozitsiyasini tomosha qildilar. Ekspozitsiyani tomosha qila turib ular Xorazmning boy tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritdilar. Shu bilan birga Xorazm Ma’mun akademiyasidagi asosiy ustuvor ilmiy yo’nalishlar faoliyati ham mehmonlar diqqat e’tiborida bo’ldi.