Xorazm Ma'mun akademiyasi

Asian youth conference

13-09-2019     So'nggi yangiliklar

2019-yilning 6-8 sentabr kunlari Toshkent shahrida birinchi marotaba xalqaro “Asian youth conference” 2019 konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman O’zbekiston xalqaro huquq assotsatsiyasi, Toshkent xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya instituti va O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkillashtirildi. Ushbu mazkur konferensiya 5 xil yo’nalishda (Turizm, Ekologiya, Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy hayot va Axborot texnologiyalari) va o’zbek, rus, ingliz tilida o’tkazildi. Konferensiyada O’zbekistonda ta’lim oluvchi chet-ellik talabalar, Xalqaro oily ta’lim muassasalarining O’zbekistondagi filiallari talabalari va bir qancha tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi. Jumladan Xorazm Ma’mun akademiyasi kichik ilmiy xodimi Ismoilov Shohruxmirzo Turizm yo’nalishida o’z g’oyalari bilan qatnashib “The best delegate” nominatsiyasi bo’yicha g’olib bo’ldi.