Xorazm Ma'mun akademiyasi

Pahlavon Mahmud – buyuk alloma va kurashchi

11-06-2019     So'nggi yangiliklar

Joriy yil 7-9-iyun kunlari Xiva shahrida xorazmlik yengilmas bahodir va ma’rifatparvar shoir, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan I Xalqaro “Bahodirlar o‘yinlari” o‘tkazildi. Turnir doirasida 9-iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “Pahlavon Mahmud – buyuk alloma va kurashchi” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada Xitoy, Ukraina, Hindiston, Rossiya, Ozayberjon, Eron, Astraliya kabi davlatlarning OAV vakillari ham ishtirok etishdi.