Xorazm Ma'mun akademiyasi

“O’zbek mumtoz adabiyotining ikki buyuk vakili Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi”ga bag’ishlangan davra suhb

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 10 fevral kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “O’zbek mumtoz adabiyotining ikki buyuk vakili Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi”ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari, matbuot xodimlari, 4-son Akademik litsey o’qituvchilari va o’quvchilari qatnashdi. Davra suhbatida Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning asarlarida adolatli jamiyat qurishga doir fikrlar, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va faolyati, uning ijodida Vatan tuyg’usi mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Davra suhbatida muzokara qizg’in davom qilib, o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan ko’pgina savollarga javob oldilar.