Xorazm Ma'mun akademiyasi

Mahorat darsi

09-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 24 mayda Xorazm Ma’mun akademiyasi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasida Xiva pedogogika kasb-hunar kolleji tasviriy san’at yo’nalishining I bosqich o’quvchilari uchun  Madaniy va arxeologiya merosi o’bektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi. Ushbu mahorat darsida FA-F-1-008 shifrli ilmiy loyixa xodimlari katta ilmiy xodim B.Sa’dullaev, kichik ilmiy xodimlar Sh.B.Raximov, N.P.Kamolova shuningdek, ekspozitsiya ilmiy xodimi Z.Rajabov, fond saqlovchisi Sh.Ismoilov va Xiva pedogogika kasb-hunar kolleji o’qituvchisi S.Sobirovlar qatnashishdi. Mahorat darsi davomida o’quvchilarga arxeologiya fanining hozirgi yangiliklari, zamonaviy tadqiqot usullari va arxeologik qazish jarayonida zarur bo’ladigan asbob-uskunalar haqida tushintirishlar olib bordilar.

Shu bilan bir qatorda, “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi bo’ylab ekskursiya o’tkazilib, Xorazm tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunigacha bo’lgan davr xaqida ma’lumot berildi.

O’tkazilgan ushbu tadbir, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, tarixiy qadriyatlarni saqlash kabi g’oyalar ruhida tarbiyalash qolaversa, yoshlarni vatanga bo’lgan hurmat va milliy g’urur hisini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo’lib, yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.