Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Yosh kuch” - akademiyada

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 y. 31-yanvar kuni “Yosh kuch” jurnali ijodiy guruhi akademiyaga tashrif buyurdi. Ular akademiya faoliyati bilan tanishib yosh olimlar bilan suhbatda bo’ldi. Jurnalga taqdim qilish uchun yosh ilmiy xodimlarning olib borayotgan ilmiy ishlari to’g’risida intervyu oldi.

Xorazm Ma’mun akademiyasida Qizil kitobga kiritilgan Amudaryo soxta kurakburun (bakra) balig’ini saqlab qolish bo’yicha bajarilayotgan ishlar to’g’risida ilmiy xodim Z.Rajapov, “Xorazm urbanizatsiyalashgan madaniyatining eng qadimgi va qadimgi tarixi” (Janubiy Xorazmdagi arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida) mavzusidagi davlat fundamental tadqiqot loyihasi asosida xozirgi kunda Xozorasp tumanida Xumbuztepa yodgorligi xududida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar va uning natijalari to’g’risida, ibodatxonaning ochilishi va o’rganilishi, zardushtiylik bilan bog’liq ibodatxona ekanligi va uning O’rta Osiyoda eng qadimgi ibodatxona bo’lib Xorazm zardushtiylikning vatani ekanligi to’g’risida kichik ilmiy xodim Sh.Raximov intervyu berdi. Muzey ekskursovodi M.Madaminov Juma masjid to’g’risida, uning ustunlarining ishlanish uslublari haqida  intervyu berdi.

Xorazm Ma’mun akademiyasida manbashunoslik yo’nalishi bo’yicha olib borilayotgan “Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlari. 2-jild” ilmiy loyihasi haqida kichik ilmiy xodim L.Abdukarimov Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan ushbu mavzuga taalluqli hujjatlar 2 jilddan iborat ekanligi, arxivda uchraydigan hujjat turlari va ularning tavsifi haqida ma’lumot berildi.

“Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi M.Raximova termitlarga qarshi biologik kurash chora-tadbirlari olib borayotganligi, ya’ni maxsus yem-ho’raklar tayyorlab termit faol kuzatiladigan joylarga o’rnatish orqali termitlarni 50-60 % kamaytirayotganligi to’g’risida ma’lumot berdi.

Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilayotgan FA-A9-T100 shifrli “Raqobatbardosh, import o’rnini bosuvchi mahalliy kuzgi bug’doy navlarini sinash” va YoA8-FA-T044 shifrli “Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan kuzgi bug’doy navlarining identifikatsiya pasportlarini yaratish” loyihalarida bajarilayotgan mahalliy sharoitlarda yaratilgan Yaksart va Do’stlik kuzgi bug’doy navlarining genetik hamda biokimyoviy tahlil natijalari to’g’risida katta ilmiy xodim N.Hamraev intervyu berdi.

FA-A9-T101 shifrli “Xorazm viloyati Xiva tumani sharoitida qimmatli xo’jalik belgilariga ko’ra ushbu hududga moslashuvchi, raqobatbardosh g’o’za navlarini yaratish maqsadida selektsiya urug’chilik ishlarini olib borish” loyihasida olib borilayotgan ishlar natijasida Niyat navi istiqbolli navlardan hisoblanib, hozirda ushbu nav bo’yicha elita-urug’chilik ishlari olib borilayotganligi to’g’risida kichik ilmiy xodim R.Masharipova ma’lumot berdi.