Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasida ochiq eshiklar kuni

06-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 18 may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi. Tadbir rejasiga asosan o’tkazilayotgan ochiq eshiklar kuni bo’yicha e’lon tayyorlandi va e’lonlar taxtasiga osib qo’yildi.

Kun davomida muzey ekspozitsiyasiga 4-son Akademik litseydan 35 nafar va UrDUning 40 nafar talabalari fan o’qituvchilari bilan birga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida o’quvchi yoshlar Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati va unda faoliyat yuritayotgan “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi bilan tanishishdi. Ekskursiya davomida muzey fond saqlovchisi Ismoilov Shohruxmirzo Xorazm tarixi va uning o’zbek davlatchiligida tutgan o’rni to’g’risida ma’lumotlar berilib, hozirgi kundagi muzeylar faoliyati va dunyo muzeylari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib o’tdi.

O’tkazilgan ushbu tadbir, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, tarixiy qadriyatlarni saqlash va ulug’lash kabi g’oyalar ruhida tarbiyalash qolaversa, yoshlarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, vatan tarixidan olgan bilimlarini mustahkamlashda  katta ahamiyatga ega bo’lib, yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.