Xorazm Ma'mun akademiyasi

X-innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar Respublika yarmarkasida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlarining ishtiroki

17-05-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 10-12 may kunlari bo’lib o’tgan X-innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar Respublika yarmarkasida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari bir qator ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilinadigan innovatsion ishlanmalar bilan qatnashishdi. “Xorazm viloyati sharoitida mahalliy kuzgi bug’doy va javdar navlarini yetishtirish agrotexnologiyasi”, “Xorazm viloyati sharoitida g’o’zaning yangi, istiqbolli navlarini yaratish”, “Xorazm tarixiy me’moriy yodgorliklarining hattotlik yozuvlarini va koshinlarini restavratsiya qilish” shular jumlasidandir. Yarmarka doirasida fermer xo’jaliklari, davlat va xususiy korxonalar bilan jami 330 million so’mlik shartnomalar tuzildi. Yarmarkada Xorazm Ma’mun akademiyasi “Eng faol qatnashgan tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha, Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi hattotlik bo’yicha “Ustoz-shogird”to’garagining rahbari Zargarova Nafisa “Xorazm tarixiy me’moriy yodgorliklarining hattotlik yozuvlarini va koshinlarini restavratsiya qilish” mavzusi bo’yicha “Eng faol qatnashgan ishlanma” nominatsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.