Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma’mun akademiyasi 20 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati.

09-11-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 9-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “Xorazm Ma’mun akademiyasining 20 yilligiga”bag’ishlab davra suxbati o’tkazildi. Davra suhbatida Xiva milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji 309-310 guruh o’quvchilari qatnashdilar .Davra suhbatini Xorazm ma’mun akademiyasi raisi b.f.d I.I.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo’yicha rais muovini Durdiyeva G. “Xorazm Ma’mun akademiyasining ilmiy faoliyati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. Xorazm ma’mun akademiyasi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi mudiri Z.Rajabovning “Muzeylar –merosga mexr timsoli” mavzuidagi ma’ruzasi bilan davra suhbati qizg’in tus oldi. Xiva Milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji ona-tili va adabiyoti o’qituvchisi Sh.G’ulomovaning “Xorazm ma’mun akademiyasining jahon tarihida tutgan o’rni”mavzusidagi ma’ruzasi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Xorazm ma’mun akademiyasi “Xorazm tarixi va madaniyati”doimiy ekspozitsiyasi  ilmiy xodimi B.Saparboyev “Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi xaqida ma’lumot” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashib talabalarning savollariga javob berdi. Davra suxbati o’quvchilarda yaxshi ta’surotlar qoldirdi.