Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Etnologiya: an’analar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminar

03-05-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 22 aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida Yosh olimlar kengashi va “Kichik akademiya” tashabbusi bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi yosh olimlari, Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti professor-o’qituvchilari, Navoiy shahridagi 1-son, Urganch shahridagi 2-son va Xiva shahridagi 4-son akademik litsey  o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida “Etnologiya: an’analar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi.

Seminarni akademiya Yosh olimlar kengashi va “Kichik akademiya” raisi Masharib Abdullaev ochdi. Seminarda 20 ga yaqin ma’ruzalar tinglandi, shuningdek, yosh etnologlar o’rtasida taqdimotlar tanlovi o’tkazildi. Ma’ruzalarda yurtimiz o’tmishi, xalqimiz turmushi an’analari va hozirgi zamonda yuz bergan o’zgarishlar, innovatsiyalar haqida so’z yuritildi. Bir guruh qatnashchilar seminarda faol ishtiroki uchun taqdirlandilar.

Mehmonlar Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi faoliyati bilan tanishdilar.