Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv

06-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 20 aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “Jahon adabiyoti” jurnalining bir guruh ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv va davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida jurnal bosh muharriri Sh.Rizaev, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, tarjimon I.G’ofurov, shoirlar Xurshid Do’stmuhammad, Qo’chqor Norboqil, Davron Rajab, professor Bahodir Karimov, viloyatmiz ijodkorlaridan axborot xizmati boshlig’i Sh.Matkarimov, Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi boshlig’i G.Ibodullaeva, shoir va jurnalistlar Oshiq Erkin, Q.Muhammadrizo, Yo’ldosh Rahim, Otabek Ismoilov, Qadamboy Salaev va o’nlab yosh ijodkorlar, Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari, Xiva tumani o’rta maktablarining adabiyot o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida “Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligi munosabati bilan jurnal faoliyati tarixi, ijodkorlari, muammolari, kitob va mutolaa madaniyati, yangi ijod namunalari haqida mulohazalar bo’ldi.

Ijodiy uchrashuv shoirlarning she’rlaridan namunalar o’qishlari bilan yakunlandi.