Xorazm Ma'mun akademiyasi

AQSH — O‘zbekiston olimlarining II-chi xalqaro ilmiy anjumani

07-09-2017     So'nggi yangiliklar

    2017 yil 12 avgust kuni Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Xorazm Ma’mun Akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Analiz va matematik fizikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi AQSH — O‘zbekiston olimlarining II-chi xalqaro ilmiy anjumanining yalpi ma’ruzasi Xorazm Ma’mun akademiyasi konferensiya zalida bo’lib o’tdi. Unda Abdulla Azamov (O’zR FA Matematika instituti, O’zbekiston) “On approximate solving with high precision for quadratic systems and fractals” mavzusida va Leonid Bunimovich (Djordjiya Texnologiyalar instituti, AQSh) “Cross-immunoreactivity Generates Local Immunodeficiency” mavzusida o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.