Xorazm Ma'mun akademiyasi

Komiljon Otaniyozov ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va san’atida tutgan o’rni

31-07-2017     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasida hukumat qarorlari ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Akademiyada O’zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan “Komiljon Otaniyozov ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va san’atida tutgan o’rni” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasida faol ishtirok etgan xodimlarga Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, konferentsiya moderatori Sh.Kadirov tomonidan sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, akademiya xodimlari tomonidan tayyorlanib, nashr qilingan “Komiljon Otaniyozov ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va san’atida tutgan o’rni” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami taqdim qilindi. Sh.Kadirov jamoaga jarayonda faol ishtiroki uchun viloyat hokimiyati minnatdorchiligini yetkazdi.