Xorazm Ma'mun akademiyasi

XITOYLIK ARXEOLOGLAR – XUMBUZTEPADA

14-07-2017     So'nggi yangiliklar

2017-yil 12-iyul kuni xitoylik bir guruh arxeologlar professor Liyang Yun boshligida Xumbuztepa yodgorligida bo`ldilar. Ekspeditsiya boshlig`i tarix fanlari nomzodi Sergey Baratov mehmonlarni Xumbuztepa yodgorligi bilan tanishtirdi. Yodgorlik haqida, jumladan ibodatxona, dahma va zardushtiylik dini haqida gapirib berdi. Tomonlar bajarilayotgan tadqiqotlar, topilmalar, hamkorlik masalalari bo`yicha suhbatlashdilar. Topilgan terrakotalar mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi. Xitoylik arxeologlar Chingiztepa yodgorligida ham bo`lishdi.

Arxeologik ekspeditsiya 2017-yil 1-iyuldan ish boshlagan. Unda t.f.n.S.Baratov boshchiligida katta ilmiy xodimlar B.P.Sadullayev, M.S.Abdullayev, kichik ilmiy xodimlar Sh.B.Rahimov, N.P.Kamolova, shuningdek Urganch davlat universitetining bir guruh talabalari ishtirok etmoqdalar.

Arxeologik ekspeditsiya 2017-yil 30-sentabrgacha davom etadi.