Xorazm Ma'mun akademiyasi

AMERIKALIK MATEMATIK – XORAZM MA’MUN AKADEMIYASIDA

07-07-2017     So'nggi yangiliklar

Amerikalik matematika o`qituvchisi A.Aaron 2017-yil 28-iyun kuni ilm-fan tarixining nazariy asoslarini o`rganish maqsadida Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ma’mun akademiyasi raisi Sh.Kadirov qabul qildi. Matematika o`qituvchisi yurtdoshlarimiz buyuk olimlar Muhammad al-Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniy faoliyati bo`yicha qiziqdi. Olim o`z yurtida bu olimlar faoliyatini o`rganish uchun grant yutib olgan va shu asosda tadqiqotlar o`tkazayotgan ekan.

Xorazm Ma’mun akademiyasida katta ilmiy xodimlar B.P.Sadullayev, M.S.Abdullayev, R.R.Madaminov va kichik olmiy xodim Sh.Z.Ismoilov ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi. Mehmonni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. Al-Xorazmiy va Beruniyning jahon ilm-faniga, jumladan matematikaga qo`shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi.

Sh.Ismoilov mehmonni Xorazm tarixi va madaniyati doimoy ekspozitsiyasi faoliyati bilan tanishtirdi. Ekspozitsiya mehmonda katta qiziqish uyg`otdi va u Amerika Qo`shma Shtatlarida o`z o`quvchilariga Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini gapirib berishga, imkoni bo`lsa ular bilan kelishga harakat qilishini aytib, o`z minnatdorchilgini bildirdi.