Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi” ga bag’ishlangan davra suhbati

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 y. 8-aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi” ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari, matbuot xodimlari, 4-son Akademik litsey o’qituvchilari va ijtimoiy fanlar yo’nalishi o’quvchilari qatnashdi. Tadbirda Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo’yicha rais muovini G.Durdieva so’zga chiqib, buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasi ekanligi haqida gapirib o’tdi.

Tadbirda ”Tarixiy manbalarda A. Temurning xorijiy davlatlar hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari”, “Temuriylar davri arxeologik yodgorliklari“, “A.Temur markazlashgan davlat asoschisi”, “Amir Temur davri, Xorazmda ilm-fanning taraqqiyoti” mavzularida ma’ruzalar qilindi. Talabalar ham faol ishtirok etishib, bobokalonimiz o’gitlaridan namunalar keltirishdi.