Xorazm Ma'mun akademiyasi

O’RTA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI INSTITUTI OLIMLARINING XORAZM MA’MUN AKADEMIYASIGA TASHRIFI

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 9 aprel kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti huzuridagi O’rta Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari professor J.S.Sizdikova va turk filologiyasi kafedrasi dotsenti Ye.A.Oganova Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarga Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti professori O.P.Kobzeva bir guruh tadqiqotchi va magistrantlar bilan hamkorlik qildi.

Mehmonlarni Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi M.S.Abdullaev kutib oldi. Akademiya ilmiy kengash xonasida mehmonlar va akademiya olimlari (B.Sadullaev, L.Abdikarimov, Sh.Ismoilov, A.Zargarov, E.Salaev)lar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida tomonlar o’zlarining ilmiy tadqiqot faoliyatlari bilan tanishtirib o’tdilar va hamkorlik masalalarini muhkoma qildilar. Jumladan, akademiya olimlariga ilmiy maqolalar nashr etishlarida ko’maklashish, ilmiy xodimlarni almashish, stajirovka, hakmorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va b.

J.S. Sizdikova institut tomonidan nashr etilgan kitoblarni sovg’a qildi, o’z navbatida M.S.Abdullaev ham mehmonlarga Xorazm tarixi va madaniyatiga doir kitoblarni hadya etdi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi B.Sadullaev mehmonlarni Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi faoliyati bilan tanishtirdi.