Xorazm Ma'mun akademiyasi

YAPONIYALIK JURNALISTLAR AKADEMIYADA

27-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017-yil 26-iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Yaponiyadan bir guruh jurnalistlar tashrif buyurdi. Delegatsiya Xorazm viloyatni sayyohlik imkoniyatlarini o`rganish maqsad qilgan. Mehmonlarga Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Xorazm hududiy boshqarmasi boshlig`i J.Shomurotov hamrohlik qildi.

Katta ilmiy xodim Masharib Abdullayev mehmonlarga akademiya tarixi va bugungi faoliyati haqida ma’lumot berdi. Mehmonlarda Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspoziyasi katta taassurot qoldiridi. Yaponlar Xorazmga sayyohlarni kengroq jalb qilish bo`yicha o`z taklif-mulohazalarini bildirdilar.