Xorazm Ma'mun akademiyasi

Genetika va O’simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlarining tashrifi

15-06-2017     So'nggi yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o’z tasarrufidagi  yetakchi institutlarning olimlari hududiy bo’limlarga tashrif buyurib, yurtimizda dolzarb hisoblangan mavzular bo’yicha o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashishni belgilab qo’ygan edi. Shu munosabat bilan 2017 yil 14 iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga kelgan bir guruh olimlar b.f.d., prof. Yunusxonov Sh. “G’o’zaning oqsil markerlari”, b.f.n. To’raqulov X.S. “O’zbekistonda bug’doyning zang kasalliklari va chidamlilik seleksiyasi”, Allambergenov T.D. “G’o’za tola sifat ko’rsatkichlarining irsiylanishi”  kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi. Seminarda Xorazm Ma’mun akademiyasi xodimlari bilan birgalikda Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari, Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari, mutaxasis va fermerlar qatnashdi.