Xorazm Ma'mun akademiyasi

X INNOVATSION G’OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR XUDUDIY YARMARKASI O’TKAZILDI

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 y. 28 mart kuni Qoraqalpog’iston respublikasi Nukus shahrida "X Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar xududiy yarmarkasi” o’tkazildi. An’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi yangi loyihalarni amaliyotga joriy etish, intellektual mulk egalari va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Yarmarkada Xorazm Ma’mun Akademiyasi olimlari tomonidan bajarilayotgan 5 ta: Raqobatbardosh, import o’rnini bosuvchi mahalliy kuzgi bug’doy navlarini  sinash  “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasi, Разработка технологии воспроизводства редких и исчезающих видов рыб, Xiva xonlari arxiv hujjatlari, Xorazm viloyati sharoitida g’o’zaning yangi, istiqbolli navlarini yaratish loyihalari bilan qatnashdi. “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Jumaniyozov Avazyoz maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.