Xorazm Ma'mun akademiyasi

Baku shahrida "Adabiy aloqa - ijodiy jarayon ko'zgusi" mavzusidagi xalqaro konferensiya o'z ishini boshladi

21-04-2025     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi boshlig'i, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Raufjon Mahmudov Ozarbayjonda Baku davlat pedagogika universitetida o'tkazilayotgan "Adabiy aloqa - ijodiy jarayon ko'zgusi" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok qilmoqda. Mazkur konferensiya 21-aprelda o'z ishini boshladi. Konferensiya doirasida 3 kun davomida Baku shahridagi universitetlarda ma'ruzalar o'qilishi, ilmiy seminarlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Adabiy aloqalarni kuchaytirish va ikki xalq o'rtasidagi ilmiy, madaniy robitani mustahkamlash maqsadida Baku shahrining madaniy markazlariga tashriflar kutilmoqda.