Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy xodimlari, tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Sh.Matyoqubov va tarix fanlari falsafa doktori (PhD) F.Jumaniyazovalar hammuallifligida tayyorlangan “Xiva xonligi tarixnavisligi” deb nomlangan monografiya nashr qilindi. Ushbu monografiyada Xiva xonligi hududida XVII-XIX asrlar va XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeotlar, xonlik hududida kechgan hayotiy jarayonlar, o‘sha davrlarda ijod qilgan Xorazm tarixnavisligining yetuk namoyondalari Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon, Xiva xonligi miroblari shoir, tarixchi va tarjimonlar Shermuhammad Munis, uning zamondoshi va yaqin qarindoshi Muhammad Rizo Ogahiy shuningdek, tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniylar tomonidan Xiva xonligi va xonlari tarixini yorituvchi noyob tarixiy asarlari, shuningdek mualliflar tomonidan mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar orqali yoritilib beriladi.
Monografiya O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi hisoblangan Xorazm tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shonli tariximiz bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.