Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Xiva xonligining muqaddas qadamjolari” deb nomlangan monografiya nashr qilindi.

20-04-2025     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy xodimlari, tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Sh.Matyoqubov va tarix fanlari falsafa doktori (PhD) F.Jumaniyazovalar hammuallifligida tayyorlangan “Xiva xonligining muqaddas qadamjolari” deb nomlangan monografiya nashr qilindi. Ushbu monografiyada Xiva xonligining muqaddas qaramjolari Sayyid Alovuddin, Pahlavon Mahmud, Uch avliyo bobo, Sayyid Mohi Ro‘yi Jahon,  To‘rt Shovvoz majmualari tarixi va ularda mangu qo‘nim topgan buyuk shaxslar ya’ni Xiva xonlari va ularning yaqin qarindoshlari, shu davrdagi vazirlar, to‘ralar va pirlar hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar berib o‘tilgan. 

Monografiya O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi hisoblangan Xorazm tarixini yoritishda hamda ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu monografiya  talabalar, umumta’lim maktablari o‘quvchilari va shonli tariximiz bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.