Joriy yilning 4-aprel kuni Shovot tumani Qonli qishlogʻi, Qoʻshkoʻpir mahallasida istiqomat qiluvchi 1946-yilda tugʻilgan Normetov Quronboy oʻz otasi 1909-yilda tugʻilgan Ibodullayev Normat boboning shaxsiy kutubxonasiga oid 20 ga yaqin noyob qoʻlyozma va toshbosmalarni Xorazm Ma’mun akademiyasi qoʻlyozmalar fondiga topshirdi. Endilikda ushbu qoʻlyozma va toshbosmalar ustida tadqiqotlar olib borilib, ular hozirgi alifboga oʻgirilib xalqimiz oʻqishi, ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy merosdan bahramand boʻlishi imkoniyati paydo boʻldi. Shu sababdan Quronboy otaga hamda Bahrom Olloyorovga Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbariyati alohida minnatdorchilik bildirdi.