Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi professor I.I Abdullayev boshchiligidagi olimlar va Xitoy FA Geografiya va ekologiya ilmiy tadqiqot instituti professori Li Hui boshchiligidagi olimlar bilan birgalikda Xorazm cho‘l zonalari va degratatsiyaga uchrayotgan maydonlarda yarim parazit dorivor o‘simliklardan biri bo‘lgan sistanxening yetishtirish uchun saksovul va yulg‘un ko‘chatlarini ekish, ko‘paytirish va ular asosida sistanxe dorivor o‘simligining yetishtirish texnologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy hamkorlik boshlandi. Xorazm Ma’mun akademiyasi tajriba dala maydonida dastlabki tajribalar 3000 m2 maydonga 1200 ta saksovul va 1000 tupga yaqin yulg‘un ko‘chatlarini ekildi.