Xorazm Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti Bekchanov Norbek topgan turlarga Microdera uzbekistanica va Microdera abdullohi deb nom berildi.
Bu turlar Tenebrionidae oilasiga mansub bo‘lib Microdera uzbekistanica Kuljuktog‘ hududida va Microdera abdullohi esa Sulton-Uvays tog‘i hududida tarqalgan.
So‘nggi kashfiyot bilan dunyoda mazkur urug‘ turlari 90 taga yetdi.