2025-yil 17-yanvar kuni "Mashinasozlik va axborot texnologiyalari" kafedra dotsenti Z.Sh.Abdullayeva tashabbusi bilan "Jadidchilik namoyondalari hayoti va ijodi" ga bag’ishlangan ma’naviy–ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Xorazm Ma’mun akademiyasining Ijtimoiy–gumanitar fanlar bo’limining katta ilmiy xodimlari Tarix fanlari falsafa doktori Sh.S.Matyaqubov, F.J.Jumaniyazova va D.Sh.Rajabovalar tashrif buyurdilar. Mehmonlar tomonidan Jadidchilik namoyondalari hayoti va ma’naviy ijodi haqida talaba yoshlarga keng ma’lumotlar berib o’tildi. Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mehmonlar tomonidan javob olishdi. Uchrashuv yakunida mehmonlarimiz tomonidan chop etilgan kitoblar to’plami universitetimiz kutubxonasiga taqdim etildi.