Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi boshlig'i Raufjon Mahmudov Turkiyaning Ankara shahriga ilmiy safari doirasida Gazi universitetida bo'layotgan "Xalqaro Fuzuliy simpoziumi"da "Fuzuliyning "Layli ila Majnun" dostonidagi forsiy so'zlarning o'ziga xos xususiyatlari" mavzuda ma'ruza qildi. Simpozium davomida Gazi universiteti, Ankara universiteti bilan Xorazm Ma'mun akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolashga, ilmiy stajirovkalarni amalga oshirishga kelishib olindi.