Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi boshlig'i, Raufjon Mahmudov, Turkiyaning Ankara shahrida 6-8-oktabr sanalari oralig'ida o'tkazilayotgan "Xalqaro Turk madaniyati 2-simpoziumi"da qatnashdi. Unda "Qadimgi turkiy tillar tarixi" bo'limi boshlig'i sifatida Raufjon Mahmudov faoliyat olib bordi va o'zining "Ogahiy ijodining Turkiy dunyo madaniyati rivojidagi o'rni" mavzusida ma'ruza ham qildi. Xalqaro simpozium Yunus Emro nomidagi madaniyat markazi, Gazi universiteti, Turkiya tashqi ishlar vazirligi kabi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi. Mazkur konferensiyada dunyoning yigirmaga yaqin davlatlaridan olimlar, tadqiqotchilar ishtirok qildilar va hamkorlikka kelishib oldilar.