Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Fan va texnologiyalar hamkorlik Dasturi va xalqaro Fan va texnologiya hamkorlik Dasturi doirasidagi “Cistanche spp. conservation and its planting technology research for the Aral Sea degraded zone” xalqaro loyihasida, 2024-yil 23-25 sentabr kunlari Xinjiang Ekologiya va Geografiya Instituti olimlari professorlar Li Bingwen va Zhou Zhibin, PhD Student Shao Minghao, ushbu institute talabasi GU Jiakun Xorazm Ma’mun akademiyasiga ilmiy safar uyushtirdi.
Ular Xorazm viloyatidagi tabiiy va inson ta’sirida shakllangan hududlarni, jumladan, Yangiariq fermer xo‘jaligi, Xiva Valyuka Plyus fermer xo‘jaligi, Xiva tumanidagi milliy tabiat bog‘i, Yangibozor tumanidagi milliy tabiat bog‘i hamda Xiva Ma’mun akademiyasining eksperimental bazasida yetishtirish rejalashtirilayotgan saksovul (Haloxylon) o‘simligi bilan birga o‘suvchi Cistanche dorivor o‘simligining tuproq iqlim sharoitlari, turli xil hududlardagi tuproqlarning nisbiy namliklari aniqlash bo‘yicha dala tajribalari olib borildi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi va Xinjiang Ekologiya va Geografiya instituti o‘rtasida Cistanche spp. o‘simligini O‘zbekistonda ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va ekish uchun maydon sifatida Xorazm Ma’mun akademiyasining eksperimental bazasi, Yangiariq fermer xo‘jaligi, Xiva Valyuka Plyus fermer xo‘jaligi va Xiva tumanidagi milliy tabiat bog‘i tanlandi.