O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-avgustdagi “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlisining 137-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida maqsadida 24-avgust kuni Xorazm Ma'mun akademiyasi binosi va uning atrofini obodonlashtirish uchun hashar o‘tkazildi.
Ushbu hasharda akademiya hududi, ko‘cha va yo‘laklari tartibga keltirildi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarni tashkiliy ravishda alohida belgilangan joyga eltib tashlandi. Hasharda akademiya ilmiy xodimlari, ishchi xizmatchilar, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqochilar ixtiyoriy ravishda qatnashdilar.