Xorazm Ma'mun akademiyasi

INNOWEEK - 2022 HUDUDIY INNOVATSION G'OYALAR KO'RGAZMASI

01-08-2022     So'nggi yangiliklar

28-29 iyul kunlari InnoWeek Hududiy innovatsion g'oyalar ko'rgazmasi ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Ushbu ko'rgazmada Xorazm viloyatidagi ko'plab tadbirkorlar va oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishdi. Bular qatorida Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari ham faol qatnashdilar. Jumladan, Xorazm viloyati sharoitida g'o'zaning yangi, istiqbolli navlarini yetishtirish, Xorazm tuproq - iqlimi sharoitlarida sano o'simligini o'stirish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, Xorazm viloyati sharoitida tritikale yetishtirish agrotexnologiyasi, Afrika qora tuyaqushini Xorazm viloyati sharoitida ko'paytirish texnologiyasi, termitlar tarqalishini oldindan bashorat qilish qurilmasi, o'simliklar o'sishini va hosildorligini oshiruvchi BKM stimulyatori, Xorazm viloyati sharoitida shakar o'rnini bosuvchi dorivor steviya o'simligini yetishtirish, mahalliy xomashyolar asosida olingan termitlarga qarshi insektisid, mahalliy xomashyolar asosida rangli silikat g'isht ishlab chiqarish kabi bir qator ilmiy ishlanmalar va  bir qator kitoblar namoyish etildi. Tadbir so'ngida faol qatnashgan ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.