Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xalqaro hamkorlik

23-05-2022     So'nggi yangiliklar

O’zbekistonni barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlarning 17.6-vazifasi – “Fan, texnika va innovasiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tuzilmalar islohotlarini kuchaytirish yo’lida o’zaro bilim almashinuvini rag’batlantirish” doirasida ayni paytda Xorazm Ma’mun akademiyasining ekspremental bazasida 4 gektar maydonda “Tomchilatib sug’orish tizimiga ega intensiv bog’ tashkil qilish va Xorazm viloyati sharoitida zararkunanda hamda kasalliklarni ilmiy taxlil qilish” loyihasi bo’yicha 98 500 AQSh dollarlik Turkiya Respublikasining Fipa ekologik kompaniyasi bilan amaliy ishlar yo’lga qo’yildi. Bunda 8000 ta olma, gilos, nok ko’chatlari keltirildi va o’tqazildi, shuningdek ushbu pakana va yarim pakana ko’chatlarni tomchilatib sug’orish, ustunlar, simlarni o’tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kelgusida ushbu intensiv bog’dan yuqori hosil olish, akademiyaning byudjetdan tashqari mablag’larini ko’paytirish, shu hisobiga moddiy texnik taminotni yaxshilash, shuningdek hudud fermerlar uchun  intensiv bog’dan foydalanish, daraxt zararkunandalariga qarshi kurashish, “eksport salohiyatini oshirishda ilmiy yondoshuv” mavzusida ilmiy amaliy seminarlar tashkil etib xo’jalik shartnomalar qilish rejalashtirilgan.