Xorazm Ma'mun akademiyasi

Kat-qal’a yodgorligida navbatdagi arxeologik tadqiqotlar

15-04-2022     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi arxeologiya guruhi ilmiy xodimlari Shovot tumani Kat-qal’a yodgorligida arxeologik tadqiqotlarni boshlab yubordilar.

Arxeologik tadqiqotlar yodgorlikning g’arbiy qismida amalga oshirilmoqda. Bu yerda shaharning arxaik va antik davr qatlamlari tekshirilib, uning topografiyasiga doir ma’lumotlar o’rganilmoqda. Shu bilan birga tadqiqotlarda Urganch davlat universitetining arxeologiya yo’nalishi 3 va 4 kurs talabalari arxeologik dala amaliyotini ham o’tamoqdalar.

Shuningdek, Kat-qal’a tarixi bo’yicha O’zbekiston tarixi va Xorazm telekanallariga intervyu berildi.