Хоразм Маъмун академияси

Urganch davlat universitetidagi “Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro maktab oʻz ishini yakunladi

09-11-2021     So'nggi yangiliklar
Xabaringiz bor,  Urganch davlat universitetida 2021-yil 25-oktabrdan 6-noyabr kuniga qadar Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi   (Cimpa school),  Xalqaro matematiklar uyushmasi,  Xorazm Ma’mun Akademiyasi va O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro  maktabning oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
6-noyabr sanasida mazkur maktabning yopilish marosimi oʻtkazilib, unda ikki haftalik oʻquv mashgʻulotlarning qatnashuvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirdan soʻng,  barcha qatnashuvchilar qadimiy va koʻhna Xiva shahri va Xorazm Maʼmun akademiyasiga sayohat qildilar.