Xorazm Ma'mun akademiyasi

Vikinglar xazinasidan topilgan Xorazmshohlar tangalari

22-09-2021     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Ismoilov Shohruxmirzo Shvetsiya tarix muzeyi tarkibidagi Qirollik tangalar kolleksiyasi “Vikinglar davri va o’rta asrlar tangalari bo’limi” rahbari Florant Audi bilan hamkorlik o’rnatdi. Bu hamkorlik asnosida o’tgan asrning boshlarida Shvetsiyaning turli hududlarida o’tkazilgan arxeologik qazishmalar chog’ida Vikinglar xazinasi tarkibida aniqlangan jami 9 ta Xorazm tangalarining yuqori tiniqlikdagi rasmlari va ular haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi. Mazkur tangalarning barchasi kumushdan yasalgan bo’lib milodiy 811-959 yillar orasida Xorazmda zarb qilingan va IX-X asrlardagi Xorazmning shmoliy hududlar bilan savdosi natijasida Shimoyliy Yevropa hududlariga borib qolgan. Mazkur tangalar asosan so’ngi Afrig’iy hukmdorlar va  Arab xalifalarining Xorazmdagi noiblari tomonidan zarb qilingan tangalardan iborat kolleksiyadir. Ushbu kolleksiya Xorazmning bundan ming yillar oldin Shimoliy hududlar bilan faol savdo munosabatlari olib borganligini isbotlaydi.